Kuzatuvchi.uz / OZIQ-OVQAT XARID QILAYOTGANDA QADOG‘IDAGI QANDAY YOZUVLARGA E’TIBOR BERISH KERAK?

OZIQ-OVQAT XARID QILAYOTGANDA QADOG‘IDAGI QANDAY YOZUVLARGA E’TIBOR BERISH KERAK?

Har doim ham do‘kondan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilayotganimizda qadog‘idagi yozuvlarga e’tibor beravermaymiz. Ammo qonunchilikda bu borada beliglangan normalar bor. Ya’ni oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar ularni qadoqlangan, o‘ralgan va tamg‘alangan holda sotuvga chiqarishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra oziq-ovqatlar, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarida mahsulot haqida  ma’lumot ko‘rsatilishi belgilangan.

Sifatli, yaroqli oziq-ovqat sotib olish uchun, albatta, mahsulot qadog‘idagi quyidagi yozuvlarga e’tiborli bo‘lishimiz kerak:

oziq-ovqatning nomi;

oziq-ovqatni nimaga mo‘ljallanganligi (bolalarga maxsus mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);

tayyorlovchining nomi;

tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);

oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalarining nomi;

oziqlik qimmati, navi;

saqlash shart-sharoitlari;

tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;

tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);

og‘irligi;

foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar: oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);

muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);

normativ yoki texnikaviy hujjatlarning raqamlari.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

8-12-2024, 13:20
Saytga qaytish