Kuzatuvchi » Siyosiy » PENSIYA TAYINLASH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLARNI TAQDIM ETISH TARTIBI QANDAY?

PENSIYA TAYINLASH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLARNI TAQDIM ETISH TARTIBI QANDAY?

“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida fuqarolardan ularga pensiya tayinlash uchun talab etiladigan hujjatlarni taqdim etish tartibi belgilab qo‘yilgan. Hujjatga ko‘ra, tashkilot ma’muriyati pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlarga pensiya tayinlash uchun hujjatlarni oldindan tayyorlashi va zarurat bo‘lganda yetishmayotgan hujjatlarni tashkilotlardan so‘rab olish choralarini ko‘rishi lozim.

Tashkilot ma’muriyati to‘plangan barcha hujjatlar asosida Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — «YaMMT» IDAK) orqali pensioner yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboradi.

Tashkilot ma’muriyati xodim pensiya yoshiga yetgan kundan kechiktirmay uning pensiya olish huquqiga ega bo‘lganini bildirishga majbur.

Tashkilot ma’muriyati qonunchilikka muvofiq xodimning pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (mehnat staji, ish haqi va boshqalar) «YaMMT» IDAKga kiritishi va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishi lozim.

Shaxs pensiya tayinlashni so‘rab yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ushbu Nizomga muvofiq shakldagi arizani to‘ldirgan holda, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tib ushbu Nizomga  muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldirgan holda murojaat qilish huquqiga ega.

Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tgan holda pensiya tayinlashni so‘rab ushbu Nizomga muvofiq sxemalar asosida murojaat qilinadi.

Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qonunchilikka muvofiq pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Pensiya tayinlanadigan shaxs balog‘atga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ariza yoki so‘rovnoma uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.

Shaxs yoki qonuniy vakil pensiya tayinlashni so‘rab o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga bevosita tashrif buyurgan holda ariza berish, pochta orqali ariza berish, Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tgan holda so‘rovnomani to‘ldirib murojaat qilish huquqiga ega.

Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tgan holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilish shaxsning pensiya olish huquqini beradigan ma’lumotlari «YaMMT» IDAKda raqamlashtirilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Bunda, shaxs yoki qonuniy vakil tomonidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim qilingan raqamlashtirilmagan ma’lumotlar yoki hujjatlar orqali pensiya miqdori qayta hisoblanadi.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KO‘CHMAS MULKNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHDA NIZOLARNI SUDGA

personmaftuna 19-09-24, 00:23
0 KO‘CHMAS MULKNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHDA NIZOLARNI SUDGA QADAR HAL QILISH TARTIBI BELGILANGAN

Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023-yil kungi 426-son qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan...

DAVLAT ORGANLARINING OCHIQLIK FAOLIYATI TEKSHIRILADI

personmaftuna 12-02-25, 01:04
0 DAVLAT ORGANLARINING OCHIQLIK FAOLIYATI TEKSHIRILADI

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi «Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi...

XODIMLARNI KASBGA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH HAQIDA

personmaftuna 17-05-24, 01:52
0 XODIMLARNI KASBGA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Xodimlarni kasbga tayyorlash deganda xodimlarda nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga, shuningdek muayyan...

menu
menu