Kuzatuvchi » Siyosiy » ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera havosining ifloslanishi har doim tashvish uyg‘otgan. Qayd etish lozimki, Toshkent tumani hududida atmosfera havosining ifloslanish darajasini kamaytirish va ifloslantiruvchi gazlarning belgilangan me’yordan ortib ketishi sabablarini aniqlash, aholi salomatligini saqlash, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, tahlil qilish va ularga nisbatan chora ko‘rish maqsadida o‘rganish o‘tkazilgan.  

Unda Toshkent shahri va Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab 9 ta nuqtadan havoning ifloslanishi bo‘yicha ko‘chma laboratoriya orqali “Eshonguzar” aholi yashash punktidan Toshkent pediatriya tibbiyot institutigacha bo‘lgan hududda havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha tahlillar o‘tkazildi va ifloslantiruvchi moddalar miqdori ortib ketgani ma’lum bo‘lgan.  

Qonunchilikda atmosfera havosini ifloslantirganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

YURIDIK SHAXSNING TA’SIS HUJJATLARI

personmaftuna 21-02-24, 04:22
0 YURIDIK SHAXSNING TA’SIS HUJJATLARI

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 43-moddasiga ko`ra, yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis...

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI

personmaftuna 29-06-24, 09:16
0 JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA SUBSIDIYA BERILADI

Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga...

BOLALARNING 10 TA MUHIM HUQUQI

personmaftuna 29-06-24, 06:34
0 BOLALARNING 10 TA MUHIM HUQUQI

Qonunchilikka koʻra, bola (bolalar) — 18 yoshga toʻlgunga (voyaga yetgunga) qadar boʻlgan shaxs (shaxslar) hisoblanadi....

menu
menu