JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA SUBSIDIYA BERILADI
Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 450-son qarori qabul qilingan
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng BHMning 3 baravari (1 050 000 so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishi belgilangan.
Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING SAMARALI FAOLIYAT
personmaftuna 24-09-25, 00:30O ‘ zbekiston Respublikasining 21.08.2025- yildagi O ‘ RQ –1083- sonli Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga qo ‘...
SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMINI TASHKIL ETISHNING YANGI MODELI
personmaftuna 07-06-25, 20:33“Respublikada sog'liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali...
KORRUPSIYAGA OID HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDA XABAR BERGANLAR
personmaftuna 24-01-24, 18:14Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh...