Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH TUSHUNCHASI

MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH TUSHUNCHASI

Mehnat shartnomasini bekor qilish — ish beruvchi yoki ishchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasining barcha shartlari bajarilmasdan yoki qaytarilmasdan tugatilishi, ya’ni ishchining mehnat faoliyatini yakunlashidir. Mehnat shartnomasini bekor qilishning huquqiy asoslari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasini bekor qilish deganda mehnat qonunchiligi  bilan belgilangan asoslar bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni tugatish tushuniladi.

Mehnat kodeksining 155-moddasiga asosan, Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari quyidagilardan iborat: taraflarning kelishuvi, mehnat shartnomasi muddatining tugashi, mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish, tashkilot mulkdorining almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgarganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi, xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi, xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi, xodimning tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etishi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmagan taqdirda, taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar, yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish. 

Mehnat shartnomasini bekor qilish – bu ishchi yoki ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, har ikkala tomonning huquq va majburiyatlariga asoslanadi. Bekor qilish tartibi va sabablari Mehnat Kodeksida aniq belgilanadi va bu jarayonda tomonlarning huquqlari buzilmasligi kerak. Shuning uchun, xodimlar  va ish beruvchilar bu jarayonni qonuniy ravishda bajarishlari zarur.

 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

ИҚТИСОДИЁТДА ХУСУСИЙ МУЛКНИНГ УЛУШИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ

personmaftuna 14-12-24, 15:16
0 ИҚТИСОДИЁТДА ХУСУСИЙ МУЛКНИНГ УЛУШИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ

Фармон (ПФ-159-сон, 16.10.2024 й) билан Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Унга...

8.DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASIGA KAMERAL NAZORAT O'TKAZISH

personmaftuna 14-06-25, 02:53
0 8.DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASIGA KAMERAL NAZORAT O'TKAZISH VAKOLATI BERILADI

Qarorga ko'ra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq...

TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK

personmaftuna 26-12-24, 15:44
0 TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2024 - yildagi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki...

menu
menu