ISHLAYDIGAN OTA-ONADAN BIRIGA BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN TANAFFUS BERILADI
2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan tanaffus beriladi.
2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolalilarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.
Mazkur tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.
➡ Bolali ayolning xohishiga ko‘ra tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga ko‘chirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
НАМАНГАН ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 25-08-25, 02:35“Наманган давлат техника университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-23-сон, 24.01.2025 й.) қабул...
BILASIZMI?
personmaftuna 19-05-24, 18:16Qonunchilikka k о ‘ra, nogironlik idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq k о...
“ENG FAOL IJTIMOIY XODIM” TANLOVINI O‘TKAZISH TARTIBI
personmaftuna 22-02-24, 07:04Hukumat qarori (69-son, 03.02.2024-y.) bilan “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish...