KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI QARZDORLIKNI SUD ORQALI UNDIRISHDA OLDINDAN DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD QILINDI!
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati belgilandi.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR
personmaftuna 19-09-24, 00:37Prezidentning 2022-yildagi 167-son qaroriga asosan; o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz...
КЎЧМАС МУЛКНИ ОММАВИЙ БАҲОЛАШ ТИЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 24-08-25, 18:32“Кўчмас мулкни оммавий баҳолаш тизимини жорий этиш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-43-сон, 05.03.2025 й.) қабул...
"OQILA AYOL" HARAKATI FAOLLARINI PUL MUKOFOTLARI BILAN
personmaftuna 29-09-24, 22:22Vazirlar Mahkamasining 24.08.2024-yildagi “Mahallalarda хotin-qizlar faollari va “Oqila ayol” ayollar harakati...