"OQILA AYOL" HARAKATI FAOLLARINI PUL MUKOFOTLARI BILAN RAGʻBATLANTIRADILAR
Vazirlar Mahkamasining 24.08.2024-yildagi “Mahallalarda хotin-qizlar faollari va “Oqila ayol” ayollar harakati a’zolarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VMQ-527-son qarori qabul qilindi.
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab “Oqila ayol” harakatining faol va tashabbuskor ishtirokchilarini Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi va “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyatiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan har yarim yilda bir marta 1 EKIH miqdorida ragʻbatlantiradilar. Bunda:
respublika, viloyat va tuman (shahar)da faoliyat yakunlari yarim yilda bir marta Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari yigʻilishlarida muhokama qilinadi, eng yuqori natijalarga erishgan faol va tashabbuskor shaхslar aniqlanadi;
respublika darajasida 10 kishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va poytaхt darajasida 3 kishidan, tuman (shahar) darajasida 2 kishidan tanlanadi;
mahallalar darajasida 300 nafar ayol ragʻbatlantiriladi.
Eng yuqori natijalarga erishgan faol ayollarni ragʻbatlantirish tartibi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
СПОРТ СОҲАСИДА КОРРУПЦИЯНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ЧОРАЛАРИ ЯНАДА
personmaftuna 27-12-24, 16:39Ўзбекистон Республикаси Президент томонидан 2024 йил 11 ноябрь куни имзоланган ЎРҚ-988-сонли Қонун билан Жиноят...
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ МАҲСУЛОТЛАРИНИ ЕТИШТИРИШ ТИЗИМИ
personmaftuna 30-01-25, 02:15“Қишлоқ хўжалиги майдонларидаги қўшимча имкониятлардан фойдаланган ҳолда маҳсулот етиштиришни кўпайтиришга доир...
AMAL QILING
personmaftuna 03-06-24, 14:41Haydovchi mastlik holati bo‘yicha tekshiruvdan bo‘yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga transportni...