ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUD !
Qonunchilikka ko‘ra, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.
Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o‘rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.
Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Shuningdek, tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ШАХСИЙ ҲАЁТ ДАХЛСИЗЛИГИ ҲУҚУҚИ
personmaftuna 26-03-24, 02:03Ногиронлиги бўлган шахслар қонунчиликда назарда тутилган тартибда тажовузлардан ҳимоя қилиниш, ўз шахсий ҳаёти, оиласи,...
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGANLAR RAGʻBATLANTIRILADI: MUHIM
personmaftuna 29-06-24, 06:51Korrupsiya bu shunchaki jinoyat emas, u butun jamiyatga, hattoki hali dunyoga kelmagan chaqaloqq ham salbiy taʼsirini...
XODIMLAR ROTATSIYASI
personmaftuna 20-02-24, 09:57Rotatsiya «Davlat fuqarolik хizmati toʻgʻrisida»gi 08.08.2022-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi 788-sonli Qonunning...