PENSIYA TIZIMINI ISLOH QILISH KONSEPSIYASINI ISHLAB CHIQISH BOSHLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.2024-yildagi “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 600-son qarori qabul qilindi.
Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chikish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruх) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilgʻor хorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlashga ma’sul ishchi guruh tashkil etildi. 2025-yil 1-martda kadar ishchi guruh davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishi va kiritishi lozim.
Ishchi guruh Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti hamda mahalliy ekspertlarni jalb qilishi rejalashtirilgan.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINI TUGATISH
personmaftuna 27-01-24, 18:45Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi....
AKADEMIK LITSEYLARGA QABUL: MUHIM 7 QOIDA
personmaftuna 29-06-24, 06:31Bugundan akademik liseylarga qabul boshlandi. O‘quvchilar hujjatlarini uydan chiqmasdan onlayn topshirishlari mumkin....
КАРАНТИН ОСТИДАГИ МАҲСУЛОТНИ ЭКСПОРТ ҚИЛУВЧИЛАР УЧУН ҚУЛАЙ
personmaftuna 30-01-25, 11:33Қонун (ЎРҚ-1020-сон, 20.01.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. “Ўсимликлар...