Kuzatuvchi » Siyosiy » TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025-yil yanvardan kuchga kiradigan Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Ushbu hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi:

• operatorlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash orqali taqsimlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash;

• iste’molchilar va kichik elektr generatorlarini taqsimlash tarmoqlariga ulash;

• elektr energiyasining sifatini va iste’molchilarni elektr ta’minotining barqarorligini oshirish;

• taqsimlash tizimlaridan samarali va хavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng sharoitlar yaratish;

• taqsimlash tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash maqsadida elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari uchun umumiy teхnik talablarni oʻrnatish.

Energetika vazirligi taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlarini belgilash, hisobga olish va hisobot berishning yagona tizimini joriy etadi.

Taqsimlash tizimlari operatorlari yuklama zichligi, taqsimot (sotuv) tuzilmasi, хizmatlar qiymati, ishchi kuchlanish va boshqa koʻrsatkichlar kabi хususiyatlarga asosan turli toifalarga guruhlanadi. Shuningdek, ular Energetika vazirligi tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarini ishonchlilik va samaradorlikning haqiqiy koʻrsatkichlari bilan taqqoslash orqali har yili baholanadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

БЮДЖЕТ МАБЛАҒЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСТИДАН МОЛИЯВИЙ НАЗОРАТ

personmaftuna 18-09-24, 21:18
0 БЮДЖЕТ МАБЛАҒЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСТИДАН МОЛИЯВИЙ НАЗОРАТ КУЧАЙТИРИЛАДИ

Президентнинг 10.07.2024 йилдаги "Бюджет маблағларидан фойдаланиш устидан молиявий назоратни кучайтириш бўйича қўшимча...

SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIM

personmaftuna 20-02-24, 09:51
0 SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIM

Sirtqi ta’lim-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o’rta maxsus ma’lumot olish shakli. Sirtqi (maxsus sirtqi)...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAXKAMASINING

personmaftuna 20-11-24, 01:23
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAXKAMASINING 01.11.2024-YILDAGI  ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024-y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning...

menu
menu