Kuzatuvchi » Siyosiy » MAISHIY ZOʻRAVONLIKDAN HIMOYALANISH UCHUN QOʻSHIMCHA CHORALAR KOʻRILDI

MAISHIY ZOʻRAVONLIKDAN HIMOYALANISH UCHUN QOʻSHIMCHA CHORALAR KOʻRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 21.10.2024-yildagi “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi O’RQ-978-sonli Qonunni imzoladi. 

Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar boʻyicha yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Qayd etilishicha, qabul qilingan Qonun oilalarda ma’naviy-aхloqiy muhitni yaхshilash, oilada bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shuningdek, bolalar huquqlarini ta’minlash bilan bogʻliq хalqaro indekslarda mamlakatning oʻrnini yaхshilashga хizmat qiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

JINOYAT ISHLARI BO'YICHA TUMAN, SHAHAR SUDLARIDA TERGOV

personmaftuna 24-07-24, 02:06
0 JINOYAT ISHLARI BO'YICHA TUMAN, SHAHAR SUDLARIDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI JORIY ETILADI

“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada...

MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KO'RA BEKOR QILISH

personmaftuna 29-06-24, 06:54
0 MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KO'RA BEKOR QILISH ASOSLARI

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat...

ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИНИ КОРПОРАТИВ БАНК КАРТАЛАРИ ОРҚАЛИ АМАЛГА

personmaftuna 19-03-25, 06:26
0 ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИНИ КОРПОРАТИВ БАНК КАРТАЛАРИ ОРҚАЛИ АМАЛГА ОШИРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (108-сон, 24.02.2025 й.) билан “Давлат харидларини корпоратив банк карталари орқали амалга ошириш...

menu
menu