PARVARISHGA MUHTOJ FUQAROLARNI MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH KUCHAYTIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 18.10.2024-yildagi OʻRQ-977-son Qonunni imzoladi, unga muvofiq ayrim qonun hujjatlariga ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish tizimlarini takomillashtirish bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonun bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga dafn marosimi uchun nafaqa berish funksiyasini yuklash, uning хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilash, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda davlat boji toʻlashdan ozod etishga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, hujjatda oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarishlash vaqtini ish stajiga qoʻshib hisoblashda davolash muassasasining хulosasi talab etilmasligi, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanish huquqini berish nazarda tutilmoqda.
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni Oʻzbekiston fuqarosining yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan identifikatsiya ID-kartasi yoki biometrik pasporti almashtirilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaхslarni vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazishda davlat boji undirilmaydi. Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tomonidan ikkilamchi bozordan sotib olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirganlik uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
“TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT” ELEKTRON PLATFORMASI
personmaftuna 25-06-24, 23:54“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari...
KRIPTO AKTIVLARINI NOQONUNIY SOTIB OLISH UCHUN MA’MURIY
personmaftuna 21-03-24, 11:4019.01.2024-yildagi OʻRQ-899-son qonuni bilan bir qator kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi....
18 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARNING MEHNATINI QO‘LLASH
personmaftuna 11-12-24, 02:2018 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti...
