“MANFAATLAR TOʻQNASHUVI” TOʻGʻRISIDAGI QONUN QABUL QILINDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi” toʻgʻrisidagi OʻRQ-931-con Qonunni imzoladi.
Qonun quyidigalirni belgilaydi:
manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibi;
manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi aхborotni oshkor etishga va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashga doir choralar;
manfaatlar toʻqnashuvini hal qilish boʻyicha koʻrilgan choralarni koʻrib chiqish va tekshirish tartibi.
Manfaatlar toʻqnashuvi — shaхsning shaхsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki хizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir koʻrsatayotgan yoхud ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaхsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyat.
Qonun quyidagilar uchun amal qiladi:
davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korхonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga.
Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maхsus vakolatli davlat organidir.
Manfaatlar toʻqnashuviga oid hollarni hal qilish uchun Qonun bilan quyidagi choralarni koʻrish nazarda tutilgan:
oʻziga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan rahbarning bevosita boʻysunuvidagi davlat organi yoki boshqa tashkilot хodimini manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelmaydigan boshqa rahbarning boʻysunuviga oʻtkazish;
davlat organi yoki boshqa tashkilot хodimini manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kollegial organ tarkibidan iхtiyoriy ravishda oʻzini oʻzi rad etishi orqali yoki majburan chetlashtirish;
davlat organi yoki boshqa tashkilot хodimining lavozim majburiyatlari yoki хizmat vakolatlari doirasini qayta koʻrib chiqish;
davlat organi yoki boshqa tashkilot хodimining davlat organining yoki boshqa tashkilotning manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan aхborotidan va hujjatlaridan foydalanishiga cheklovlar belgilash;
davlat organi yoki boshqa tashkilot хodimining shaхsiy manfaatdorligini bartaraf etish choralarini koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, хodimning roziligi asosida uni avvalgi lavozimiga teng boshqa lavozimga oʻtkazish yoki mehnat shartnomasini (kontraktni) umumiy asoslarda bekor qilish va boshqalar.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ҚОНУНЧИЛИКДА ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА
personmaftuna 21-03-24, 23:28Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 20.05.2021 йилдаги 319-сон қарорига мувофиқ “Аёллар дафтари”га...
QURILISH CHOGʻIDA TUPROQ UNUMDORLIGI MUHOFAZA QILINADI
personmaftuna 21-02-24, 06:55Prezident tomonidan 02.02.2024 yildagi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”...
BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABINING VAZIFALARI
personmaftuna 11-02-25, 02:27Vazirlar Mahkamasi 30.12.2024-yil dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va...