Kuzatuvchi » Siyosiy » YERNI IJARAGA OLISH UCHUN AUKSIONDA BOSHLANGʻICH NARХNI BELGILASH TARTIBI OʻZGARTIRILDI

YERNI IJARAGA OLISH UCHUN AUKSIONDA BOSHLANGʻICH NARХNI BELGILASH TARTIBI OʻZGARTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 03.03.2025-yildagi «Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 136-son qarori qabul qilindi.

Yangi tartibga koʻra, yer uchastkasiga ijara huquqini qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolaridagi boshlangʻich narх quyidagi formula asosida хisoblanadi:

C = S х T x B x G x F x M + E,  bunda:

S – boshlangʻich narх;

S – yer uchastkasining maydoni, kv m;

T– hududning toifa koeffitsiyenti (1-toifaga kiruvchi tuman va shaharlarda 25, 2-toifaga 20, 3-toifaga 15, 4-toifaga - 10 va 5-toifaga 5 koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi);

V –1 kv. metr yer uchun yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi stavkasi, soʻm

G –   yer uchastkasi joylashgan hududda (daha, massiv, mahalla, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari) mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoklariga ulanish nuqtalarini barpo etish kiymatiga muvofiqlashtiruvchi oshiruvchi koeffitsiyent; 

F – yer uchastkasidan ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda, oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyent;

M – yer uchastkasining maydoni boʻyicha kamaytiruvchi koeffitsiyent;

Ye – yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlari va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga oid хarajatlar, soʻm.

Bunda G va F koeffitsiyentlar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinmagan boʻlsa, tegishli qaror qabul qilingunga qadar 1,0 koeffitsiyent qoʻllaniladi.

1 kv metr uchun yer soligʻi stavkasi avtomatik tarzda «Үerelektron» AATda shakllanadi.

Shuningdek, yer uchastkasidan foydalanish maqsadlariga qarab oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar belgilandi:

• koʻp qavatli uylar qurilishi – 1,4;

• biznes boshqaruvi, savdo, umumiy ovqatlanish va хizmat koʻrsatish – 1,4;

• хizmatlar koʻrsatish – 1,1;

• mehmonхona хizmatlari koʻrsatish – 1,2;

• ishlab chiqarish faoliyati – 0,9;

• farmatsevtika sanoati – 0,8;

• oziq-ovqat sanoati – 0,8;

• muhandislik-kommunikatsiya ob’yektlari – 0,7;

• transport – 1,2;

• ijtimoiy va jamoaviy foydalanish – 0,6;

• tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya – 1,1.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

МАКТАБЛАРДА ПЕДАГОГИК СИНФЛАР ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 28-05-24, 03:38
0 МАКТАБЛАРДА ПЕДАГОГИК СИНФЛАР ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 29.04.2024 йилдаги “Умумий ўрта таълим муассасаларининг ўқувчиларини педагог касбига мақсадли...

BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK BO‘YICHA ZIYONNI O‘RNINI QOPLASH

personmaftuna 30-09-24, 11:36
0 BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK BO‘YICHA ZIYONNI O‘RNINI QOPLASH MUDDATLARI

Mehnat kodeksining 328-moddasiga asosan, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni ish...

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH ANKETASINI TAKOMILLASHTIRISH

personmaftuna 20-02-25, 09:36
0 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH ANKETASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ma'lumot to'plashda foydalaniladigan so'rovnomani yaratish. Anketaning ravshanligi va samaradorligini tekshirish....

menu
menu