Kuzatuvchi » Siyosiy » CHIQINDI UCHUN QARZDORLAR ELEKTR TA’MINOTISIZ QOLADI

CHIQINDI UCHUN QARZDORLAR ELEKTR TA’MINOTISIZ QOLADI

Prezident tomonidan 07.03.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlarini koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1044-son Qonun imzolandi.

Hujjatga koʻra, elektr energiyasini yetkazib beruvchi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan iste’molchilar SMS orqali хabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar ulardan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklash huquqiga ega.

Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻz хizmatlari uchun toʻlovlarni hisob-kitob qilishning ishonchliligi hamda toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi, shuningdek mazkur talablar buzilgan hollarda, iste’molchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi.

Tegishli oʻzgartirishlar Fuqarolik va Uy-joy kodekslariga, «Raqobat toʻgʻrisida»gi va «Elektr energetikasi toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritildi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ПЕДАГОГ ХОДИМ МАЛАКА ОШИРИШГА ОНЛАЙН ЎҚИСА БЎЛАДИМИ?

personmaftuna 29-03-24, 06:21
0 ПЕДАГОГ ХОДИМ МАЛАКА ОШИРИШГА ОНЛАЙН ЎҚИСА БЎЛАДИМИ?

Вазирлар Маҳкамасининг 2022-йил 17-январдаги 25-сон қарорига 1-иловада тасдиқланган Халқ таълими ходимларини узлуксиз...

CHIQINDI POLIGONLARI HUDUDIDA EKOSANOAT ZONALARI TASHKIL

personmaftuna 28-04-25, 12:49
0 CHIQINDI POLIGONLARI HUDUDIDA EKOSANOAT ZONALARI TASHKIL ETILADI

“Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yana-da takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari...

OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT

personmaftuna 01-05-24, 10:38
0 OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT OLISHLARI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 02.04.2024 yildagi PQ-149-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish...

menu
menu