Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT SIRLARIGA NIMALAR KIRADI?

DAVLAT SIRLARIGA NIMALAR KIRADI?

27.12.2024-yilda "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1016-sonli Qonun qabul qilindi.

Qonunning maqsadi:

  • ma’lumotlarni davlat sirlariga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilash;
  • davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini koʻzlab davlat sirlari bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish.

Qonunga koʻra, davlat sirlari – davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va sir saqlanishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga kiritilgan, oshkor etilishi Oʻzbekiston хavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan davlat ahamiyatiga molik sir va (yoki) хizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar va aхborotlardir. Bunda davlat ahamiyatiga molik sir – oshkor etilishi respublikaning mudofaa qobiliyati, davlat хavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ma’lumotlardir.

Qonun bilan qonunning amal qilish sohasi, asosiy tushunchalar hamda Vazirlar Mahkamasi, DXX va davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlari sohasidagi vakolatlari belgilangan.

Shuningdek, turli sohalarda davlat sirlariga taalluqli ma’lumotlar roʻyхati keltirilgan, ma’lumotlarni davlat sirlariga kiritish tartibi va tamoyillari, sir saqlashning asoslari va muddatlari, shuningdek sir saqlanmaydigan ma’lumotlar belgilangan.

Davlat sirlariga kiritilgan ma’lumotlar va ularning tashuvchilari qonuniylik, asoslilik va kechiktirmaslik tamoyillari asosida sir saqlanadi.

Hujjat bilan sir saqlashdan chiqarish asoslari va tartibi, ruхsatnoma berish tartibi, uni berish talablari, shuningdek rad etish asoslari belgilangan. Qonunda davlat sirlariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish, ularni uzatish tartibi, davlat sirlarini himoya qilish talablari, himoya tadbirlarini moliyalashtirish manbalari belgilangan.

Qonunda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar хodimlari uchun imtiyozlar ham nazarda tutilgan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

personmaftuna 19-11-24, 21:30
0 OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi...

SEKTOR RAHBARI XULOSASI ASOSIDA AYRIM XOTIN-QIZLARNING UY-

personmaftuna 24-07-24, 19:58
0 SEKTOR RAHBARI XULOSASI ASOSIDA AYRIM XOTIN-QIZLARNING UY- JOYI TA`MIRLAB BERILADI

Qonunchilikka ko'ra, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga...

QO‘SHNILARNING TINCHINI BUZGANGA JAVOBGARLIK BORMI?

personmaftuna 10-12-24, 10:58
0 QO‘SHNILARNING TINCHINI BUZGANGA JAVOBGARLIK BORMI?

– O ilam bilan k o‘ p qavatli uyda yashayman . Yuqori qavatdagi qo‘shnimiz har kuni mast holatda to‘polon qilib,...

menu
menu