ER VA XOTINNING UMUMIY MOL-MULKKA EGALIK QILISHI, UNDAN FOYDALANISHI VA UNI TASARRUF ETISHI
Oila kodeksining 24-moddasiga asosan er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir. Er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasarruf etishi bilan bog‘liq bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga ko‘ra amalga oshirilayotganligini anglatadi.Er-xotindan birining umumiy mol-mulkni tasarruf etish yuzasidan amalga oshirgan bitimi boshqasining bunga roziligi bo‘lmaganligi sababligina bildirgan talabiga binoan va faqat bitimni amalga oshirgan ikkinchi tomon amalga oshirilgan bitim yuzasidan er (xotin) rozi emasligini oldindan bilgani yoki bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan hollarda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Er (xotin) o‘zining nomiga rasmiylashtirgan umumiy ko‘chmas mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Ko‘rsatilgan bitimni tuzishga notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinmagan er yoki xotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud tartibida haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
OʻQITUVCHILARNI ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISH: KIMLARGA
personmaftuna 01-05-24, 10:40MUHIM 6 QOIDA Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabariga koʻra bogʻchalar, maktablar oʻqituvchilari uchun...
XODIMGA OLTI OYDAN KAM ISHLAGAN TAQDIRDA HOMILADORLIK VA
personmaftuna 24-03-24, 17:53Xodimalarga homiladorlikning 30-haftasidan boshlab homiladorlik va tugʻish ta’tillari taqdim qilinadi ( Yoʻriqnoma...
KONSTITUTSIYA – QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY
personmaftuna 06-12-24, 11:18Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilinishi, jamiyatda qonun...