KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGANLARNING QARINDOSHLARI HAM DAVLAT HIMOYASIDA BO‘LADI
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o‘rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.
Endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.)
Zuhra BEGOVA,
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi.
Boshqa maqolalar
ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ХОДИМНИНГ РУХСАТИСИЗ ИШ ҲАҚИДАН УШЛАБ
personmaftuna 30-01-25, 12:05Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексига биноан ходимнинг ёзма розилиги билан, ходимнинг розилиги бўлмаган тақдирда эса...
XODIMGA QAT’IY HAYFSAN E’LON QILISH MUMKINMI?
personmaftuna 20-03-24, 06:44Odatda, aksariyat tashkilotlar oʻz хodimlarini umumiy intizomiy javobgarlikka tortish huquqiga ega, ya’ni ularga faqat...
MAʼMURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI OLDINDAN UNDIRISH BEKOR
personmaftuna 22-01-24, 19:12Prezident tomonidan 16.01.2024-yildagi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga...