Kuzatuvchi » Siyosiy » OMBUDSMAN FUQAROLARNING SHIKOYATLARI ASOSIDA O‘Z TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH HUQUQIGA EGALIGI BELGILANDI

OMBUDSMAN FUQAROLARNING SHIKOYATLARI ASOSIDA O‘Z TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH HUQUQIGA EGALIGI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ-1002-son, 15.11.2024-y.) imzolandi.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini tartibga soladi.

Qonunga ko‘ra, Ombudsman fuqarolarning, respublika hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.

Ombudsman murojaat etuvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran yoki boshqa vositalardan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, uning shikoyati bo‘yicha oxirgi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir yil ichida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.

Quyidagilar Ombudsmanning ta’sir choralari hisoblanadi:

— ogohlantirish;

— taqdimnoma;

— iltimosnoma;

— talabnoma.

Ombudsman qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Ombudsman va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi hududida havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida (bundan taksi va shahar yo‘lovchilar transporti mustasno) imtiyozli yurish huquqiga ega.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

NIKOH, OILA VA FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD

personmaftuna 19-05-24, 20:41
0 NIKOH, OILA VA FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH SOHASIDAGI HUJJATLAR TIZIMLASHTIRILADI

“Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish...

NIKOHNI BEKOR QILISH UCHUN SUDDA DAVLAT BOJI KIMDAN

personmaftuna 28-06-24, 08:44
0 NIKOHNI BEKOR QILISH UCHUN SUDDA DAVLAT BOJI KIMDAN UNDIRILADI?

Davlat boji nikohdan ajratishni so‘rab sudga ariza topshirgan tomondan, agar er-xotin birgalikda nikohdan ajratish...

MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA 5 YIL ISH STAJIGA EGA

personmaftuna 29-06-24, 08:21
0 MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA 5 YIL ISH STAJIGA EGA XOTIN-QIZLARGA OTM GA O‘QISHGA KIRISH UCHUN TAVSIYANOMA BERILADI. ARIZA TOPSHIRISH SANASI 1 MAYDAN BOSHLANADI

Hukumatning 09.06.2022- yil kungi 322- son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko ‘ ra , mutaxassisligi bo ‘ yicha kamida...

menu
menu