Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATI TEKSHIRILGANDA BIZNES-OMBUDSMAN XABARDOR ETILADI

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATI TEKSHIRILGANDA BIZNES-OMBUDSMAN XABARDOR ETILADI

 

“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan:

jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;

“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

Elektron tizimda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o‘rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.

Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

2025-yil 1-yanvardan quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi:

fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;

majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;

xodimlar sonini yashirish.

2025-yil 1-martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida – 70 foizi, apellyatsiya va kassatsiyada – 30 foizi qaytarib beriladi.

Farmon bilan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.

➡️Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik sub’ekti aniq bo‘lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

YIRIK SOLIQ TOʻLOVCHILARNI ANIQLASH MEZONLARI OʻZGARTIRILDI

personmaftuna 05-08-24, 18:50
0 YIRIK SOLIQ TOʻLOVCHILARNI ANIQLASH MEZONLARI OʻZGARTIRILDI

Davlat soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi “Yuridik sha х slarni soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning...

DAVLAT XARIDLARINING IJROCHISI KIM ?

personmaftuna 28-06-24, 23:20
0 DAVLAT XARIDLARINING IJROCHISI KIM ?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 24-moddasiga asosan. Davlat...

MILLIY STANDARTLAR HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

personmaftuna 24-03-25, 03:58
0 MILLIY STANDARTLAR HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Milliy standartlar standartlashtirish rejasi asosida ishlab chiqiladi va O‘zMSt (O‘zbekiston Milliy Standarti)...

menu
menu