OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLAR DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA TANLOVSIZ QABUL QILINADI
Farmon bilan 2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun BHMning 1 yarim baravarigacha (562 ming 500 so‘mgacha) miqdorda moddiy yordam beriladi (bunda moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi).
✅2025-yil 1-fevraldan boshlab:
➖oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to‘liq oila bo‘lishi talabi bekor qilinadi;
➖30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;
➖ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;
➖etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablag‘lar tarbiyalanuvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi.
Farmon bilan “Inson” markazlari bolaning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiyasi uchun qo‘shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish bo‘yicha sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etildi.
Endilikda aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolidan qat’i nazar davlat yoki nodavlat muassasalarning to‘liq ta’minotida bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga to‘lanayotgan aliment miqdorini sud tomonidan kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilinmaydi.
Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ХОТИН ҚИЗЛАР ҲУҚУҚИ
personmaftuna 28-03-24, 10:29Қонунчиликка кўра, эркак ва аёллар ҳуқуқлари тенглигининг бузилиши билан боғлиқ ишларнинг судларда кўриб чиқилишида...
ADLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN OZODLIKDAN MAHRUM QILISH
personmaftuna 20-10-24, 13:33Aksiya 2024-yilning 14-oktabridan 28-oktabrgacha davom etadi. Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi: sayyor...
KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN
personmaftuna 01-05-24, 10:51Oʻzbekiston Respublikasining 2.04.2024-yildagi OʻRQ-923 son Qonuni bilan kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik...