Kuzatuvchi » Siyosiy » HAYVONOT VA O‘SIMLIK DUNYOSINING MUHOFAZASI KUCHAYTIRILADI

HAYVONOT VA O‘SIMLIK DUNYOSINING MUHOFAZASI KUCHAYTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1004-son, 21.11.2024-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, o‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, uning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТИББИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 03-06-25, 13:02
0 ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТИББИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Тиббиёт соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори...

ХОТИН ҚИЗЛАР ҲУҚУҚИ

personmaftuna 28-03-24, 10:29
0 ХОТИН ҚИЗЛАР ҲУҚУҚИ

Қонунчиликка кўра, эркак ва аёллар ҳуқуқлари тенглигининг бузилиши билан боғлиқ ишларнинг судларда кўриб чиқилишида...

AHOLIGA SIFATLI VA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH

personmaftuna 06-12-24, 16:08
0 AHOLIGA SIFATLI VA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH

So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish...

menu
menu