Kuzatuvchi » Siyosiy » OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLAR DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA TANLOVSIZ QABUL QILINADI

OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLAR DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA TANLOVSIZ QABUL QILINADI

Farmon bilan 2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun BHMning 1 yarim baravarigacha (562 ming 500 so‘mgacha) miqdorda moddiy yordam beriladi (bunda moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi).

2025-yil 1-fevraldan boshlab:

oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to‘liq oila bo‘lishi talabi bekor qilinadi;

30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;

etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablag‘lar tarbiyalanuvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi.

Farmon bilan “Inson” markazlari bolaning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiyasi uchun qo‘shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish bo‘yicha sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etildi.

Endilikda aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolidan qat’i nazar davlat yoki nodavlat muassasalarning to‘liq ta’minotida bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga to‘lanayotgan aliment miqdorini sud tomonidan kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilinmaydi.

Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

UCH YOSHGACHA BO‘LGAN BOLASI BOR XODIM BILAN MEHNAT

personmaftuna 17-08-24, 02:43
0 UCH YOSHGACHA BO‘LGAN BOLASI BOR XODIM BILAN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHDAGI KAFOLATLAR

3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat...

TUNGI VAQTDAGI MEHNAT UCHUN HAQ TO’LASH

personmaftuna 30-09-24, 22:46
0 TUNGI VAQTDAGI MEHNAT UCHUN HAQ TO’LASH

Quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to‘lash kamida bir yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi:...

MOL-MULKNING HAQIQIY QIYMATINI ANIQLASHDA YAGONA YONDASHUV

personmaftuna 30-09-24, 11:19
0 MOL-MULKNING HAQIQIY QIYMATINI ANIQLASHDA YAGONA YONDASHUV JORIY ETILADI

Mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuv joriy etiladi. Prezident tomonidan imzolangan Qonun...

menu
menu