Kuzatuvchi.uz / TA'LIM KREDITI OLISH UCHUN ARIZALARNI MY.GOV.UZ ORQALI TOPSHIRISH IMKONIYATI YARATILADI

TA'LIM KREDITI OLISH UCHUN ARIZALARNI MY.GOV.UZ ORQALI TOPSHIRISH IMKONIYATI YARATILADI

“Oliy va professional ta'lim tashkilotlari talabalari va o'quvchilariga byudjet mablag'lari hisobidan ta'lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan oliy va professional ta'lim tashkilotlarining talaba va o'quvchilariga ta'lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

🔹oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba va o'quvchilarga ajratiladi;

🔹ta'lim krediti:

-  oliy ta'lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari uchun to'lov-kontrakt summasi miqdorida;

-  oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi “3” dan past  bo'lgan taqdirda to'lov-kontrakt summasining ko'pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

Bunda ta'lim krediti:

- OTM talabalari uchun – talabalar to'g'risidagi ma'lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo'lganda;

- professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari uchun – o'quvchilar to'g'risidagi ma'lumotlar “Professional ta'lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo'lganda ajratiladi.

2024/2025 o'quv yili boshlangungacha ta'lim krediti olish uchun arizalarni “Ta'lim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 


25-06-2024, 23:44
Saytga qaytish