Kuzatuvchi.uz / PEDAGOGIK SINFLARDA TA’LIM MAZMUNI

PEDAGOGIK SINFLARDA TA’LIM MAZMUNI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida 2024-yil 29-apreldagi 242-son  qarori bilan tasdiqlangan, Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Pedagogik sinflarda o‘quv jarayoni 10-11-sinflarda quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilangan:  o‘qishning birinchi yili (10-sinf)da: o‘quvchilarda pedagog kasbining ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurlar kengaytiriladi,  pedagog kasbining qadriyatlari, pedagogning nutq madaniyati, zamonaviy pedagog faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, uning imiji va odob-axloqi to‘g‘risida tushunchalar beriladi, tarbiyachining kasbiy sifatlari, zamonaviy tarbiyachining ma’naviy qiyofasi, yordamchi tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi haqida bilimlar beriladi, o‘qishning ikkinchi yili (11-sinf)da: o‘quvchilarning pedagogika, psixologiya, o‘quv ishlari metodologiyasi sohasidagi boshlang‘ich bilimlari rivojlantiriladi va chuqurlashtiriladi, pedagogika fani va amaliyotining zamonaviy tendensiyalari, ta’lim strategiyalari va modellari o‘rgatiladi, pedagog faoliyatida noan’anaviy metodlarning ahamiyati, ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish va texnologiyalashtirish o‘rgatiladi, tarbiyachining bolalarni tarbiyalashdagi shaxslararo munosabat madaniyati, shaxsning ruhiy (psixik) xususiyatlari, tarbiyachining xulq-atvorini belgilovchi psixologik xususiyatlari, tarbiyachining pedagogik qobiliyati tushunchalari va ko‘nikmalari o‘rgatiladi, o‘quvchilarga individual psixologik maslahat berish orqali psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash tashkil etiladi; o‘quvchilarning tanishuv amaliyotlari tashkil etiladi. 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

15-05-2024, 18:54
Saytga qaytish