PEDAGOGIK SINFLARDA TA’LIM MAZMUNI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida 2024-yil 29-apreldagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan, Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Pedagogik sinflarda o‘quv jarayoni 10-11-sinflarda quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilangan: o‘qishning birinchi yili (10-sinf)da: o‘quvchilarda pedagog kasbining ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurlar kengaytiriladi, pedagog kasbining qadriyatlari, pedagogning nutq madaniyati, zamonaviy pedagog faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, uning imiji va odob-axloqi to‘g‘risida tushunchalar beriladi, tarbiyachining kasbiy sifatlari, zamonaviy tarbiyachining ma’naviy qiyofasi, yordamchi tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi haqida bilimlar beriladi, o‘qishning ikkinchi yili (11-sinf)da: o‘quvchilarning pedagogika, psixologiya, o‘quv ishlari metodologiyasi sohasidagi boshlang‘ich bilimlari rivojlantiriladi va chuqurlashtiriladi, pedagogika fani va amaliyotining zamonaviy tendensiyalari, ta’lim strategiyalari va modellari o‘rgatiladi, pedagog faoliyatida noan’anaviy metodlarning ahamiyati, ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish va texnologiyalashtirish o‘rgatiladi, tarbiyachining bolalarni tarbiyalashdagi shaxslararo munosabat madaniyati, shaxsning ruhiy (psixik) xususiyatlari, tarbiyachining xulq-atvorini belgilovchi psixologik xususiyatlari, tarbiyachining pedagogik qobiliyati tushunchalari va ko‘nikmalari o‘rgatiladi, o‘quvchilarga individual psixologik maslahat berish orqali psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash tashkil etiladi; o‘quvchilarning tanishuv amaliyotlari tashkil etiladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 23-07-24, 14:29Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga ("Yagona reestr" AT) oilaning 18 yoshga to'lgan ijtimoiy nafaqa...
ХАЛҚАРО РЕЙТИНГ ВА ИНДЕКСЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИДА ПАРЛАМЕНТ
personmaftuna 29-07-24, 23:51“Халқаро рейтинг ва индекслар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш ҳамда ушбу соҳада парламент назоратини кучайтириш...
TOSHKENTDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN “IJTIMOIY
personmaftuna 08-12-24, 13:23Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash,...