Kuzatuvchi.uz / TURAR JOYNI IJARAGA BERISH SHARTNOMASINING MUDDATI

TURAR JOYNI IJARAGA BERISH SHARTNOMASINING MUDDATI

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining 36-moddasiga asosan, Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuzilishi belgilangan.  Agar shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi.

Yangi muddatga shartnoma tuzishda ijaraga oluvchi imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

Ijaraga beruvchi tomonidan e’tiroz bo‘lmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin ham turar joydan foydalanishni davom ettirsa, shartnoma avvalgi shartlarda qayta tuzilgan deb hisoblanadi.

Davlat uy-joy fondidan ijaraga beruvchi, agar turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa, bu haqda ijaraga oluvchini kamida bir yil oldin xabardor etib, yangi muddatga shartnoma tuzishdan voz kechishi mumkin, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi bundan mustasno.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

15-05-2024, 18:12
Saytga qaytish