Kuzatuvchi » Siyosiy » TURAR JOYNI IJARAGA BERISH SHARTNOMASINING MUDDATI

TURAR JOYNI IJARAGA BERISH SHARTNOMASINING MUDDATI

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining 36-moddasiga asosan, Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuzilishi belgilangan.  Agar shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi.

Yangi muddatga shartnoma tuzishda ijaraga oluvchi imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

Ijaraga beruvchi tomonidan e’tiroz bo‘lmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin ham turar joydan foydalanishni davom ettirsa, shartnoma avvalgi shartlarda qayta tuzilgan deb hisoblanadi.

Davlat uy-joy fondidan ijaraga beruvchi, agar turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa, bu haqda ijaraga oluvchini kamida bir yil oldin xabardor etib, yangi muddatga shartnoma tuzishdan voz kechishi mumkin, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi bundan mustasno.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

XARID QILISH TARTIB-TAOMILLARINING YANGI TURLARI JORIY

personmaftuna 27-12-24, 16:09
0 XARID QILISH TARTIB-TAOMILLARINING YANGI TURLARI JORIY ETILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1005-son, 27.11.2024-y.) bilan "Davlat xaridlari to'g'risida"gi Qonunga...

YURXIZMAT.UZ ORQALI BEPUL HUQUQIY XIZMATDAN FOYDALANING

personmaftuna 29-06-24, 07:30
0 YURXIZMAT.UZ ORQALI BEPUL HUQUQIY XIZMATDAN FOYDALANING

Huquqiy hujjatlarni tayyorlashda vaqtdan yutishni xohlaysizmi? Yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz harakat...

ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASINING MIQDORINI BELGILASH TARTIBI:

personmaftuna 30-09-25, 11:43
0 ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASINING MIQDORINI BELGILASH TARTIBI:

Ishdan bo‘shatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimning ishdan...

menu
menu