Kuzatuvchi.uz / DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI ISHLAB CHIQISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI ISHLAB CHIQISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.2024-yildagi VMQ-157-sonli “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining maqsadi, vazifalari va prinsiplari;

● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chikish uchun qoʻyiladigan talablar hamda ta’limning standartlashtiriladigan turlari;

● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini, malaka talablari, namunaviy (tayanch) oʻquv reja va dasturlari loyihalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi.

Davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

● tegishli ta’lim bosqichi yakunida ta’lim oluvchilarda shakllanishi lozim boʻlgan kompetensiyalarni davlat, jamiyat va mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda belgilash;

● ta’lim turlari uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, maqsad va vazifalarni ta’lim natijadorligiga yoʻnaltirish;

● ta’lim oluvchilarda atrof muhitni asrab-avaylash va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish mas’uliyatini shakllantirish.

Ta’lim natijalarining хalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida mavjud ta’lim turlari YuNESKOning “Ta’limning хalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

2024-yil 1-avgustga qadar Ta’lim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagilarni nazarda tutuvchi «dts.uz» Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining yagona ochiq muhokama portalini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

5-05-2024, 11:59
Saytga qaytish