DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI ISHLAB CHIQISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.2024-yildagi VMQ-157-sonli “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:
● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining maqsadi, vazifalari va prinsiplari;
● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chikish uchun qoʻyiladigan talablar hamda ta’limning standartlashtiriladigan turlari;
● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini, malaka talablari, namunaviy (tayanch) oʻquv reja va dasturlari loyihalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi.
Davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
● tegishli ta’lim bosqichi yakunida ta’lim oluvchilarda shakllanishi lozim boʻlgan kompetensiyalarni davlat, jamiyat va mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda belgilash;
● ta’lim turlari uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, maqsad va vazifalarni ta’lim natijadorligiga yoʻnaltirish;
● ta’lim oluvchilarda atrof muhitni asrab-avaylash va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish mas’uliyatini shakllantirish.
Ta’lim natijalarining хalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida mavjud ta’lim turlari YuNESKOning “Ta’limning хalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.
2024-yil 1-avgustga qadar Ta’lim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagilarni nazarda tutuvchi «dts.uz» - Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining yagona ochiq muhokama portalini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
OVCHINING MAJBURIYATLARI NIMALARDAN IBORAT?
personmaftuna 10-12-24, 10:59O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq har...
QARINDOSHLIK NIMA ?
personmaftuna 08-08-25, 02:01O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasiga asosan, bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan...
AYOLLARNI HOMILADORLIGI SABABLI ISHGA QABUL QILMASLIK
personmaftuna 28-03-24, 03:27Qonunchilikka ko'ra, homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilishni rad etish...