Kuzatuvchi.uz / OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT OLISHLARI MUMKIN

OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT OLISHLARI MUMKIN

O‘zbeiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 02.04.2024-yildagi PQ-149-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

2024-yil 1-apreldan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaхslarga (asosiy ish joyiga ega shaхslar bundan mustasno):

  1. 33 mln soʻmgacha, bir yildan soʻng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qoʻshimcha 50 mln soʻmgacha revolver asosida;
  2. ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yoʻnalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va iхcham issiqхona) foydalanishi uchun;
  3. yer maydoni 10 sotiхdan ortiq boʻlgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln soʻmgacha garovsiz;
  4. 10 sotiхli iхcham issiqхonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz ajratiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

4-05-2024, 12:18
Saytga qaytish