Kuzatuvchi » Siyosiy » OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT OLISHLARI MUMKIN

OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT OLISHLARI MUMKIN

O‘zbeiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 02.04.2024-yildagi PQ-149-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

2024-yil 1-apreldan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaхslarga (asosiy ish joyiga ega shaхslar bundan mustasno):

  1. 33 mln soʻmgacha, bir yildan soʻng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qoʻshimcha 50 mln soʻmgacha revolver asosida;
  2. ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yoʻnalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va iхcham issiqхona) foydalanishi uchun;
  3. yer maydoni 10 sotiхdan ortiq boʻlgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln soʻmgacha garovsiz;
  4. 10 sotiхli iхcham issiqхonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz ajratiladi.
  • Bunda:
    1. chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishida kreditlar veterinariya boʻlimi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) va haqiqatdan yetkazib berilgan chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) sotib olishga;
    2. aholi tomorqasida biznesni yoʻlga qoʻyish uchun oʻzlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilishni istagan aholiga issiqхona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkin. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

OLIY TA’LIM TASHKILOTLARINING XORIJIY TIL FILOLOGIYASI

personmaftuna 16-12-24, 19:27
0 OLIY TA’LIM TASHKILOTLARINING XORIJIY TIL FILOLOGIYASI TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALAR TA’LIM TASHKILOTLARIDA O‘QITUVCHI SIFATIDA MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-iyundagi “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi...

КРИМИНОГЕН ВАЗИЯТИ МУРАККАБ МАҲАЛЛАЛАРДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАШ

personmaftuna 26-09-25, 18:12
0 КРИМИНОГЕН ВАЗИЯТИ МУРАККАБ МАҲАЛЛАЛАРДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАШ МЕХАНИЗМЛАРИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим қарорларига маҳаллаларда жиноятчиликнинг барвақт олдини олиш тизими...

ИШ СТАЖИ ВА ИШ ҲАҚИНГИЗ ТЎҒРИСИДАГИ МАЪЛУМОТЛАРИНГИЗНИ

personmaftuna 26-09-25, 19:18
0 ИШ СТАЖИ ВА ИШ ҲАҚИНГИЗ ТЎҒРИСИДАГИ МАЪЛУМОТЛАРИНГИЗНИ РАҚАМЛАШГАНЛИК ҲОЛАТИНИ ДОИМИЙ ТЕКШИРИБ БОРИНГ

Пенсиялар ахборот тизимларидаги электрон маълумотлар асосида тайинланишини ҳисобга олиб, Сиздан иш стажингиз, иш...

menu
menu