Kuzatuvchi.uz / DAVLAT UY-JOY FONDIDAN FOYDALANISH VA UNI TASARRUF ETISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

DAVLAT UY-JOY FONDIDAN FOYDALANISH VA UNI TASARRUF ETISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom   tasdiqlandi. Nizomda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, davlat organlari uy-joylarining hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirish va rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tartiblari belgilandi.

Davlat uy-joy fondi bu tashkilotlarning to‘liq xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvidagi munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondlaridan iborat uy-joy fondi hisoblanadi.

 [OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]

Nizomga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

 

L.XUDAYAROVA,

Tuproqqal’a tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi. 

4-05-2024, 09:48
Saytga qaytish