Kuzatuvchi.uz / 2024-YILDA SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATIDAGI ASOSIY OʻZGARISHLAR TO‘G‘RISIDA

2024-YILDA SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATIDAGI ASOSIY OʻZGARISHLAR TO‘G‘RISIDA

Buxgalter.uz mutaхassislari 28.12.2023-yildagi OʻRQ-891-son «Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun boʻyicha tushuntirishlarni tayyorlashdi.

Soliqlar boʻyicha da’vo muddati 3 yilgacha qisqartirildi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq organlari biznesni 5 yil oʻrniga soʻnggi 3 yil uchun tekshirishga haqli.

Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi.

            Ushbu chora soliq toʻlovchilarning ishini yengillashtirish, byurokratik sansalorlikni yoʻq qilish, pul va vaqt хarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.

 Kameral soliq tekshiruvi boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin.

2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq toʻlovchilarga kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliq summalarini  boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

Soliq kodeksiga XMI va XHMT loyihalari uchun QQS boʻyicha imtiyoz kiritildi.

2023-yil noyabr oyidan kuchga kirgan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar uchun QQS boʻyicha imtiyoz Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan.

QQS boʻyicha bir qator imtiyozlar bekor qilindi.

2024-yil 1-apreldan boshlab tibbiyot, veterinariya, kommunal хizmatlar va dori-darmon vositalarini realizatsiya qilishda QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi.

QQS toʻlovchilari doirasi kengaytirildi.

Chet ellik yakka tartibdagi tadbirkorlar QQS toʻlovchilariga aylanishdi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

 

23-01-2024, 00:02
Saytga qaytish