Kuzatuvchi.uz / ISHGA QABUL QILINAYOTGAN 18 YOSHGA TOʼLMAGAN SHAXSLARGA DASTLABKI SINOV BELGILANMAYDI

ISHGA QABUL QILINAYOTGAN 18 YOSHGA TOʼLMAGAN SHAXSLARGA DASTLABKI SINOV BELGILANMAYDI

Qonunchilikka koʼra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:

homilador ayol, 3 yoshga toʼlmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga toʼlmagan bolani yolgʼiz oʼzi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

zaxiraga qoʼyiladigan ish oʼrinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʼlgan shaxslar;

davlat grantlari asosida oʼqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 3 oy ichida yoʼllanma boʼyicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

tegishli taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi boʼyicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

oʼzi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

18 yoshga toʼlmagan shaxslar;

ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar boʼyicha bekor qilgan boʼlsa, oʼsha shaxslar;

ishlab chiqarishda oʼqitish shartnomasi boʼyicha ushbu ish beruvchida oʼqishni oʼtagan oʼquvchilar;

jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

22-01-2024, 19:29
Saytga qaytish