ISHGA QABUL QILINAYOTGAN 18 YOSHGA TOʼLMAGAN SHAXSLARGA DASTLABKI SINOV BELGILANMAYDI
Qonunchilikka koʼra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:
homilador ayol, 3 yoshga toʼlmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga toʼlmagan bolani yolgʼiz oʼzi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
zaxiraga qoʼyiladigan ish oʼrinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʼlgan shaxslar;
davlat grantlari asosida oʼqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 3 oy ichida yoʼllanma boʼyicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;
tegishli taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi boʼyicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;
oʼzi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
18 yoshga toʼlmagan shaxslar;
ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar boʼyicha bekor qilgan boʼlsa, oʼsha shaxslar;
ishlab chiqarishda oʼqitish shartnomasi boʼyicha ushbu ish beruvchida oʼqishni oʼtagan oʼquvchilar;
jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
МЕҲНАТ МИГРАЦИЯСИДА БЎЛГАН ФУҚАРОЛАРГА СУБСИДИЯ ВА
personmaftuna 03-06-25, 12:48“Ўзбекистон Республикаси фуқароларини хорижда ташкиллаштирилган тартибда ишга жойлаштириш тизимини янада...
KREDIT TARIXI NIMA?
personmaftuna 30-09-24, 02:14Kredit tarixi – bu sizning qaerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni...
ENERGIYA SAMARADORLIGI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?
personmaftuna 22-03-25, 11:41O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi maxsus...