Kuzatuvchi.uz / NUTQIDA, ESHITISH VA KOʼRISHIDA OGʼIR NUQSONLARI BOR BOLALAR UCHUN BOGʼCHA PULI TOʼLANMAYDI

NUTQIDA, ESHITISH VA KOʼRISHIDA OGʼIR NUQSONLARI BOR BOLALAR UCHUN BOGʼCHA PULI TOʼLANMAYDI

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʼchalarda ota-onalar toʼlovi undirilmaydi: 

nutqidagi ogʼir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi); 

eshitishdagi ogʼir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik); 

koʼrishdagi ogʼir nuqsonlar (koʼzi ojizlik (amovroz); tugʼma nuqsonlar (mikroftalim, mikrokornea, anoftalim, toʼr pardaning rivojlanishidagi tugʼma nuqsonlar; koʼrish nervining atrofiyasi, koʼrish nervi disk va makulasining ogʼir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʼliq yoki qisman xiralashish, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʼz gavxari yoʼqligi, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha), koʼz gavxari siljishi (joy oʼzgarishi); glaukoma (tugʼma, ikkilamchi); toʼr pardaning koʼchishi);

tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʼkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomielit asoratlari; toʼgʼma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); boʼgʼma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyingi holat);

 

psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi);

 aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va oʼrta darajadagi aqliy zaiflik);

murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi)

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

22-01-2024, 19:26
Saytga qaytish