NUTQIDA, ESHITISH VA KOʼRISHIDA OGʼIR NUQSONLARI BOR BOLALAR UCHUN BOGʼCHA PULI TOʼLANMAYDI
Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʼchalarda ota-onalar toʼlovi undirilmaydi:
nutqidagi ogʼir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi);
eshitishdagi ogʼir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik);
koʼrishdagi ogʼir nuqsonlar (koʼzi ojizlik (amovroz); tugʼma nuqsonlar (mikroftalim, mikrokornea, anoftalim, toʼr pardaning rivojlanishidagi tugʼma nuqsonlar; koʼrish nervining atrofiyasi, koʼrish nervi disk va makulasining ogʼir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʼliq yoki qisman xiralashish, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʼz gavxari yoʼqligi, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha), koʼz gavxari siljishi (joy oʼzgarishi); glaukoma (tugʼma, ikkilamchi); toʼr pardaning koʼchishi);
tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʼkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomielit asoratlari; toʼgʼma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); boʼgʼma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyingi holat);
psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi);
aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va oʼrta darajadagi aqliy zaiflik);
murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi)
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
BYUDNI TOʻLDIRISH TARTIBI OʻZGARMOQDA
personmaftuna 15-05-25, 14:10Iqtisodiyot va moliya vazirining «Boj х ona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA
personmaftuna 13-12-24, 09:54Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun...
“УМРА” ТАДБИРЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА ЎТКАЗИШ
personmaftuna 30-07-24, 00:57Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-935-сон, 02.07.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва...