Kuzatuvchi.uz / YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U BIRIKTIRILGAN MAHALLADAGI XONADONLAR SONIGA MUTANOSIB RAVISHDA QUYIDAGICHA BELGILANGAN

YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U BIRIKTIRILGAN MAHALLADAGI XONADONLAR SONIGA MUTANOSIB RAVISHDA QUYIDAGICHA BELGILANGAN

             Xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;

 

-xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada —mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;

 

-xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.

                   

             Yoshlar ishlari agentligiga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi ham berilgan.

 

              Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash 

miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.

 

         Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga muvofiq belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya ham berilishi belgilab qoʻyilgan.

 

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

13-04-2024, 01:55
Saytga qaytish