YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U BIRIKTIRILGAN MAHALLADAGI XONADONLAR SONIGA MUTANOSIB RAVISHDA QUYIDAGICHA BELGILANGAN
Xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;
-xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada —mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;
-xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.
Yoshlar ishlari agentligiga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi ham berilgan.
Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash
miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.
Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga muvofiq belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya ham berilishi belgilab qoʻyilgan.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
EHM UCHUN DASTURLAR VA MA’LUMOTLAR BAZALARI QANDAY
personmaftuna 20-09-24, 07:08Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 536-son qarori bilan Elektron hisoblash...
RAQAMLI MARKIROVKA QOIDALARIGA RIOYA QILINISHINI NAZORAT
personmaftuna 07-06-25, 20:19Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/9448) Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish...
YAROQSIZ VA IQTISODIY JIHATDAN SAMARASIZ BOGʻ VA TOKZORLAR
personmaftuna 07-02-25, 13:37“Respublikada agrosanoat sohasiga yangibozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo...