2024-yil 1-apreldan boshlab bola tugʻilganda davlat tomonidan toʻlanadigan bir martalik nafaqa:
- birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
- ikkinchi farzandi uchun – farzand tugʻilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa toʻlanmaydi.
Nafaqa olish uchun arizani davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berish mumkin.
Oʻzgartirish Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023-y. 550-son qaroriga 4-ilova«Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat хizmatlarini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti»ga kiritildi.
Raisa TIMOFEYEVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.