BOLA TUGʻILGANDA BIR MARTALIK NAFAQA TOʻLASH TARTIBIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI
2024-yil 1-apreldan boshlab bola tugʻilganda davlat tomonidan toʻlanadigan bir martalik nafaqa:
- birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
- ikkinchi farzandi uchun – farzand tugʻilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa toʻlanmaydi.
Nafaqa olish uchun arizani davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berish mumkin.
Oʻzgartirish Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023-y. 550-son qaroriga 4-ilova«Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat хizmatlarini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti»ga kiritildi.
Raisa TIMOFEYEVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL OLISH TARIBI
personmaftuna 25-06-24, 17:43Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib...
SHAХSLARNI ISHSIZ DEB E’TIROF ETISH
personmaftuna 01-05-24, 13:48Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi (roʻy х at raqami 3472 , 31.10.2023 y.) bilan Sha х slarni...
BILASIZMI?
personmaftuna 03-06-24, 14:27T exnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish...