Kuzatuvchi.uz / AYOLLARNI HOMILADORLIGI SABABLI ISHGA QABUL QILMASLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO`LADI

AYOLLARNI HOMILADORLIGI SABABLI ISHGA QABUL QILMASLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO`LADI

Qonunchilikka ko'ra, homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to'lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi. 

 

Bunda, ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g'ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo'shatish, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi: (https://lex.uz/docs/111453#262383) 

 

BHMning 25 baravarigacha miqdorda (8 mln 500 ming so'mgacha) jarima; 

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;

3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 

Temur RAJABOV,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-03-2024, 03:27
Saytga qaytish