Kuzatuvchi.uz / “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI TOMONIDAN KO‘RSATILADIGAN IJTIMOIY XIZMATLARNI TASHKIL ETISH

“INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI TOMONIDAN KO‘RSATILADIGAN IJTIMOIY XIZMATLARNI TASHKIL ETISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida reglamentga asosan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bir yilda bir marotaba bepul asosda amalga oshirilishi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari “Inson” markazi tomonidan tashkil etilshi belgilangan.

“Inson” markazi har yili 30-noyabrdan kechiktirmay oilaviy poliklinika bilan birgalikda keyingi yil uchun tuman (shahar) kesimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha reyestrdagi ma’lumotlar asosida jadval tuzadi, shakllantirilgan jadval bir ish kuni ichida tasdiqlash uchun “Inson” markazi direktoriga va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga kiritiladi.

Tasdiqlangan jadval asosida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi.

Zaruratga ko‘ra, ijtimoiy xodim assistenti tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda hamrohlik xizmati ko‘rsatiladi.

Bunda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, “Inson” markazlariga bu to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqala tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

28-03-2024, 02:39
Saytga qaytish