“INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI TOMONIDAN KO‘RSATILADIGAN IJTIMOIY XIZMATLARNI TASHKIL ETISH
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida reglamentga asosan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bir yilda bir marotaba bepul asosda amalga oshirilishi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari “Inson” markazi tomonidan tashkil etilshi belgilangan.
“Inson” markazi har yili 30-noyabrdan kechiktirmay oilaviy poliklinika bilan birgalikda keyingi yil uchun tuman (shahar) kesimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha reyestrdagi ma’lumotlar asosida jadval tuzadi, shakllantirilgan jadval bir ish kuni ichida tasdiqlash uchun “Inson” markazi direktoriga va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga kiritiladi.
Tasdiqlangan jadval asosida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi.
Zaruratga ko‘ra, ijtimoiy xodim assistenti tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda hamrohlik xizmati ko‘rsatiladi.
Bunda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, “Inson” markazlariga bu to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QONUN BO‘YICHA BIRINCHI DARAJALI VORISLAR KIMLAR?
personmaftuna 30-09-24, 22:20Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga asosan, meros qoldiruvchining bolalari (farzandlikka olingan bolalari xam), eri...
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 29-03-24, 06:44Қонун билан давлат ҳисобидан юридик ёрдам олиш ҳуқуқига эга бўлган шахсларга бундай ёрдам кўрсатиш учун жиноят,...
ҲУДУДИЙ ПРОКУРАТУРАЛАРДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ВА
personmaftuna 30-09-24, 17:00Президентнинг 11.09.2024 йил кунги ПФ-139-сон “Камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш соҳасидаги...