Kuzatuvchi.uz / MAJBURIYAT TUSHUNCHASI, UNING BAJARILISHI USULLARI

MAJBURIYAT TUSHUNCHASI, UNING BAJARILISHI USULLARI

           O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 234-moddasiga ko`ra, Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.

Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.

Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.

Majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi ushbu majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.

Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini ta’minlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi.

            

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

28-03-2024, 02:03
Saytga qaytish