Kuzatuvchi » Siyosiy » MAJBURIYAT TUSHUNCHASI, UNING BAJARILISHI USULLARI

MAJBURIYAT TUSHUNCHASI, UNING BAJARILISHI USULLARI

           O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 234-moddasiga ko`ra, Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.

Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.

Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.

Majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi ushbu majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.

Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini ta’minlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi.

            

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

QURILISH MAYDONLARIDAGI CHANG UCHUN JARIMA SOLINADI

personmaftuna 19-05-25, 11:07
0 QURILISH MAYDONLARIDAGI CHANG UCHUN JARIMA SOLINADI

Prezident tomonidan 03.03.2025-yildagi «Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini...

XADYANI BЕKOR QILISH MUMKINMI ?

personmaftuna 24-01-24, 18:47
0 XADYANI BЕKOR QILISH MUMKINMI ?

Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi...

SHAXSNI TURMUSHGA CHIQISHGA MAJBUR QILGANLIK UCHUN

personmaftuna 13-12-24, 09:59
0 SHAXSNI TURMUSHGA CHIQISHGA MAJBUR QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUDMI?

— Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish uchun javobgarlik belgilanganmi? —...

menu
menu