Kuzatuvchi.uz / IT-PARK REZIDENTLARI SHARTNOMALARNI ONLAYN TARZDA RASMIYLASHTIRISHLARI MUMKIN

IT-PARK REZIDENTLARI SHARTNOMALARNI ONLAYN TARZDA RASMIYLASHTIRISHLARI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.03.2024-yildagi PQ-129-sonli “Tadbirkorlik subyektlariga xalqaro platformalar orqali raqamli texnologiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2024-yil 1-apreldan boshlab huquqiy eksperiment sifatida raqamlashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha eksport shartnoma hujjatlarini xalqaro platformalarda rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.

 

Qarorda belgilanishicha Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rezidentlari tomonidan raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar  eksporti bo‘yicha  rasmiylashtirilgan qiymati 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan shartnomalar (kelishuv, hisobvaraq-faktura, invoys) elektron hujjat sifatida tan olinadi hamda ularning qog‘oz shaklidagi nusxasi talab etilmaydi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

26-03-2024, 00:38
Saytga qaytish