IT-PARK REZIDENTLARI SHARTNOMALARNI ONLAYN TARZDA RASMIYLASHTIRISHLARI MUMKIN
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.03.2024-yildagi PQ-129-sonli “Tadbirkorlik subyektlariga xalqaro platformalar orqali raqamli texnologiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2024-yil 1-apreldan boshlab huquqiy eksperiment sifatida raqamlashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha eksport shartnoma hujjatlarini xalqaro platformalarda rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
Qarorda belgilanishicha Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rezidentlari tomonidan raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksporti bo‘yicha rasmiylashtirilgan qiymati 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan shartnomalar (kelishuv, hisobvaraq-faktura, invoys) elektron hujjat sifatida tan olinadi hamda ularning qog‘oz shaklidagi nusxasi talab etilmaydi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
DEKRIMINALIZATSIYA: AYRIM YENGIL TAN JAROHATLARI UCHUN
personmaftuna 26-12-24, 15:49O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 07.10.2024-yildagi “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish...
ATTESTATSIYA NATIJALARI YUZASIDAN MUROJAAT QILISH TARIBI
personmaftuna 28-06-24, 23:54O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan...
BALIQ OVLASH QOIDALARINI - BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
personmaftuna 20-10-24, 13:27Qonunchilikka ko'ra, tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda,...